Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning inauguratsiya marosimida ishtirok etadi

O‘zbekiston 10:54 / 03.06.2023 11132

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan 3 iyun kuni Anqara shahrida Turkiya prezidentining lavozimga kirishishi munosabati bilan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

Tashkilotchilar qayd etishicha, inauguratsiya marosimida dunyoning 70 dan ziyod mamlakatidan davlat va hukumat rahbarlari, rasmiy delegatsiyalar va oliy martabali mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Avvalroq Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida ham ustun kelgandi. U Anqarada o‘z tarafdorlari qarshisida chiqish qilib, Turkiya xalqi mamlakatni keyingi besh yillikda boshqarishni unga va uning ma’muriyatiga ishonib topshirganini ma’lum qildi.

Turkiyada prezidentlik saylovlarining birinchi turi 14 may kuni bo‘lib o‘tgandi. Unda amaldagi davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 49,51 foiz ovoz olib, g‘alabaga erisha olmagandi. Muxolifatchilar nomzodi Kamol Qilichdoro‘g‘li 44,88 foiz olgan.

Ko‘proq yangiliklar: