O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik sanoatiga Better Work hamda Better Cotton Initiative standartlari joriy etiladi

O‘zbekiston 08:14 / 03.06.2023 6108

Parlament yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, anjumanda to‘qimachilik sanoati korxonalarining ijtimoiy mas’uliyati, jumladan, ishchilar huquqlarini himoya qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishlab chiqarishning ekologik barqarorligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Konferensiya doirasida Xalqaro mehnat tashkiloti va Xalqaro Moliya Korporatsiyasining tikuvchilik sanoatida munosib mehnat standartlari va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Better work qo‘shma dasturini O‘zbekistonda tatbiq etish bo‘yicha loyihaga start berildi.

Konferensiyada Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Norboyeva, Better Cotton Initiative dasturlari vakili Reychel Bekket va «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi Ilhom Haydarov o‘rtasida «Better Cotton hamda Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi o‘rtasida 2023-2024 yillarda Barqaror rivojlanish bo‘yicha hamkorlikdagi tadbirlar rejasi» ya’ni, «yo‘l xaritasi» imzolandi.

Better work hamda Better Cotton Initiative qo‘shma dasturining O‘zbekistonda amalga oshirilishi tikuv-to‘qimachilik sanoatiga zamonaviy, energiya tejovchi texnologiyalarni keng tatbiq etish, ishlab chiqarishning ekologiyaga ta’sirini kamaytirish bilan birga, xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga, mehnat munosabatlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, munosib va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: