Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubay Palm Jebel Ali loyihasini 14 yildan keyin qayta tikladi
Dubayda o‘ta qimmat uylarga talab keskin oshdi. Shahar ma’muriyati avval tashlab qo‘yilgan palma shoxlari ko‘rinishidagi hashamatli loyihani qayta tiklashga qaror qildi.

Foto: Al Arabiya
Dubay amiri 2008 yilda global moliyaviy inqiroz tufayli to‘xtab qolgan va yuzlab xaridorlarni umidsizlikka solib qo‘ygan loyihani qayta tiklab, mashhur palma daraxti shaklidagi sun’iy orollarning eng kattasini rivojlantirishning yangi rejasini tasdiqladi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.
Palm Jebel Ali loyihasining yangi bosh rejasi 80 ta mehmonxona va dam olish maskanlarini o‘z ichiga oladi va amirlikning sohil chegarasi 110 kilometrga uzayadi.
35 ming oilani qamrab olishi kutilayotgan loyihada hashamatli uylar va xonadonlar bo‘lishi mumkin. Davlat obektlarining taxminan uchdan bir qismi qayta tiklanadigan energiya manbalari bilan ta’minlanadi.
Dubay markazidan taxminan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan loyiha 17 ta palma shoxlaridan iborat bo‘lib, cho‘milish sohillari, istirohat bog‘i, villalar va Dubay hukmdori Shayx Muhammad bin Rashid Ol Maktum she’ri bitilgan minglab baland uylarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan edi.
Bir necha yil o‘tgach, loyiha tashlab qo‘yildi. 2022 yil oktabr oyida ko‘plab investorlar o‘z xaridlarini muqobil Nakheel loyihasiga almashtirgan bo‘lsa-da, boshqalarga mablag‘larni qaytarish taklif etildi.
30 nafar mulkdor guruhi Dubay sudiga apellyatsiya arizasi bilan murojaat qildi. Sud loyihani rasman bekor qilib, investorlarga faqat dastlabki xaridorlardan olingan summani qaytarish kerak degan qaror chiqardi.
Qayd qilinishicha, so‘nggi vaqtda Dubayda narxi 10 mln dollardan yuqori uylarga talab keskin oshgan. Bu esa shaharningLondon va Nyu-Yorkka yaqinlashishiga yordam bergan.
Knight Frank ko‘chmas mulk firmasi hisobotiga ko‘ra, birinchi chorakda Dubayda bunday uylarning 88 tasi sotilgan.
Mavzuga oid

15:35 / 23.07.2025
Qozog‘iston ko‘chmas mulk bozori. Narxlar qanday?

14:48 / 23.07.2025
Chegarasiz biznes: Dubay yagona erkin zona pasportini joriy qildi

20:51 / 19.07.2025
Saudiya Arabistoni xorijliklarga ko‘chmas mulk sotib olish shartlarini yengillashtiradi

13:49 / 19.07.2025