AQSh Rossiya bilan yadro quroli ustidan nazorat tizimini muhokama qilishga tayyor

Jahon 11:18 / 03.06.2023 8073

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan 2 iyun, juma kuni Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Xitoy ishtirokida yadroviy qurollarni nazorat qilishning yangi arxitekturasidan manfaatdor ekanini aytdi.

"Bizning barcha ikki tomonlama kelishmovchiliklarimiz hal bo‘lishini kutish o‘rniga, AQSh endi Rossiyani yadroviy xavflarni boshqarish va 2026 yildan keyin qurollarni nazorat qilish tizimini ishlab chiqish uchun jalb qilishga tayyor. Biz bu muhokamalarni boshlashga tayyormiz", dedi Sallivan.

Bundan tashqari, agar Rossiya shunday qilsa, Qo‘shma Shtatlar Strategik hujum qurollarini qisqartirish bo‘yicha shartnomaga rioya qilish majburiyatida qoladi. Ushbu shartnoma 2026 yilning fevralida tugaydi. Sallivanning qayd etishicha, Vashington ham Xitoy bilan yadroviy qurollarni nazorat qilishning yangi tizimi bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor.

Strategik hujum qurollarini qisqartirish bo‘yicha shartnoma — Rossiya va AQSh o‘rtasida joylashtirilgan strategik yadro qurollari arsenallarini o‘zaro qisqartirish bo‘yicha kelishuv. Shartnoma Rossiya va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi yadro qurollarini nazorat qilish bo‘yicha oxirgi yirik kelishuv bo‘lib qoldi. Vashington va Moskva yadro kallaklari sonini 1550 tagacha qisqartirishga, og‘ir bombardimonchi samolyotlar sonini 700 tagacha cheklashga va’da bergan.

Ko‘proq yangiliklar: