Toyota kompaniyasi 2025 yildan Jorjtaun shahridagi (Kentukki shtati) Toyota Motor Manufacturing zavodida elektromobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.
«Bu Kentukkini elektromobillar markazi sifatida targ‘ib qiladigan aql bovar qilmas yangilik», — deydi shtat gubernatori Endi Beshir.
Bu Toyota’ning AQShda ishlab chiqaradigan uch qator o‘rindiqli ilk yo‘ltanlamas elektromobili bo‘ladi.
«Uch qator o‘rindiqli yo‘ltanlamaslar bozori va ularning elektrga o‘tishi guvohi bo‘layotganimizdek kengayishda davom etmoqda. Odamlarning ko‘proq elektromobillarga o‘tayotganini ham ko‘rib turibmiz», — deydi Toyota Kentucky prezidenti Syuzan Elkington.
Kentukkidagi zavodda elektroyo‘ltanlamasni ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida kompaniya o‘zining Shimoliy Karolinadagi akkumulyator ishlab chiqarish zavodi infratuzilmasi uchun qo‘shimcha sarmoya kiritilishini ham ma’lum qilgan.
2021 yilda Toyota Kentukkidagi zavod ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va 2025 yilda elektromobillarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun 461 mln dollar sarmoya kiritilishini e’lon qilgandi.