Samarqandda ko‘p qavatli binoning yettinchi qavatidan tushib ketgan ishchi halok bo‘ldi
Yangi qurilayotgan binoda suvoqchilik qilib kelgan fuqaro zinalar orasida pastga tushib ketgan. Hodisa 6 may kuni sodir bo‘lgan. Ammo rasmiylar bu haqida jamoatchilikka xabar bermagan.
Viloyat IIB axborot xizmatining Kun.uz’ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 2023 yil 6 may kuni ertalab sodir bo‘lgan.
Samarqand shahridagi akademik Vohid Abdullayev ko‘chasida Arxeologiya instituti qarshisida qurilayotgan binoning 7-qavatidan zinapoyalar orasidan pastga tushib ketgan.
Oqibatda, yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uyda suvoqchilik ishlari bilan shug‘ullanib kelgan qashqadaryolik B.A. voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

09:32 / 05.03.2025
Samarqandda novvoyxona 820 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

18:54 / 04.03.2025
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

17:07 / 03.03.2025