O‘zbekiston | 08:33 / 01.06.2023
10265
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Namanganda sezildi
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, 1 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 08:21 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 41,62 gradus shimoliy kenglik; 71,7 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=4,5. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 211 km shimoli-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Namangan viloyatida 2-3 ball, 69 km.