YeI Moldovaga makroiqtisodiy yordamni ikki barobarga oshiradi

Jahon 11:03 / 31.05.2023 4781

Yevropa Ittifoqi Kengashi 30 may, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Moldovaga makroiqtisodiy yordam hajmini ikki baravarga - 295 million yevrogacha oshirishga qaror qildi, deyiladi kengash saytida.

Ilgari Moldovaga Yevropa Ittifoqi tomonidan tasdiqlangan kreditlar 150 million yevroni tashkil qilgan. "Moldova YeIga ishonishda davom etishi mumkin. Moldovani qo‘llab-quvvatlashda, jumladan, moliyaviy tomondan ham davom etamiz", deb va’da berdi Shvetsiya moliya vaziri Elizabet Svantesson.

YeIning Moldovaga makromoliyaviy yordami “iqtisodiy barqarorlashtirish va tarkibiy islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashga” qaratilgan va Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) moliyaviy kelishuvi doirasida taqdim etilgan resurslarni to‘ldiradi, deya ta’kidladi Kengash. Moldova uchun mavjud bo‘lgan maksimal 295 million yevrodan 220 million yevro kreditlar va 75 million yevro grantlar ko‘rinishida beriladi.

Yevropa Ittifoqi Kengashining press-relizida ta’kidlanganidek, Ukrainadagi harbiy harakatlar Moldova iqtisodiyotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi. “Hozirgi istisno holatlarda moliyalashtirish hajmining ko‘payishi Moldovaning XVJ dasturi bilan birgalikda iqtisodiy barqarorlashuvini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha so‘roviga to‘g‘ri javob sifatida qaraladi”, — deyiladi Kengash xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: