Reuters: «Tolibon» rahbari va Qatar bosh vaziri Afg‘onistonda maxfiy muzokara o‘tkazdi

Jahon 13:51 / 31.05.2023 12214

Ushbu uchrashuv 12 may kuni Afg‘oniston janubidagi Qandahor shahrida Qatar bosh vaziri Muhammad bin Abdulrahmon at-Taniy va «Tolibon» oliy rahbari Haybatulloh Oxunzoda o‘rtasida bo‘lib o‘tgan. Bu «Tolibon» rahbarining xorijlik yetakchi bilan birinchi uchrashuvi edi. 

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati muzokaralar haqida ma’lumot oldi va yuqoridagi rahbarlar «muhokama qilayotgan barcha masalalarni», shu jumladan «Tolibon» bilan muloqotni davom ettirishni muvofiqlashtirmoqda, dedi Reuters manbasi.

Shuningdek, agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, shayx Muhammad «Tolibon» yetakchisi oldida ko‘targan boshqa masalalar qatorida qizlarning ta’lim olishi va ayollarni ish bilan ta’minlashga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish ham bo‘lgan. 

Ko‘proq yangiliklar: