Aprel oyida ishlab chiqarilgan avtomobillar soni ma’lum qilindi

O‘zbekiston 12:00 / 31.05.2023 9299

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2023 yilning aprel oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni ma’lum qilindi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, aprel oyida ishlab chiqarilgan avtomobillar soni quyidagicha:

  • Cobalt -  9 965 dona;
  • Lacetti-Gentra - 9 531 dona;
  • Onix - 2 545 dona;
  • Damas - 2 197 dona;
  • Tracker - 1 958 dona;
  • Nexia T-250 - 142 dona;
  • maxsus yengil avtomobillar - 985 dona.

Avvalroq Statistika agentligi avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2023 yilning yanvar-aprel oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni to‘g‘risida ma’lumot bergandi.

Agentlik xabariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-aprel oylarida eng ko‘p Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan — 27 739 dona.

Ko‘proq yangiliklar: