Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatning navbatdagi yalpi majlisi 1 iyun kuni chaqiriladi
Kecha bo‘lib o‘tgan Senat kengashining navbatdagi majlisida Oliy Majlis yuqori palatasining qirq birinchi yalpi majlisini 1 iyun kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Foto: Senat.uz
Senat axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, video-konferens-aloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan yalpi majlisda qator qonun va masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
«Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston ayrim qonun hujjatlariga norasmiy bandlikni qisqartirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston ayrim qonun hujjatlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasida investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi, «Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi, «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi qonunlar shular jumlasidandir.
Shuningdek, «Telekommunikatsiyalar sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji miqdorlari maqbullashtirilishi munosabati bilan «Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi, «Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qonunlar ko‘rib chiqiladi.
Shu bilan birga, senatorlar Markaziy bankning 2022 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini eshitadi.
Majlisda Senatning qirq birinchi yalpi majlisini 2023 yilning 1 iyun kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:14
-
Toshkent shahri IIBB va Samarqand viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi
O‘zbekiston | 23:00
-
Tramp qanday shartlarda Xitoyga borishi mumkinligini aytdi
Jahon | 22:56
Mavzuga oid

11:40 / 23.07.2025
Senat chiqindidan qarz sabab elektrga to‘lov qilolmaslik mexanizmini tanqid ostiga oldi

17:42 / 08.07.2025
UzIMEI bo‘yicha vazir Shermatovga senator so‘rovi yuborildi

12:58 / 26.06.2025
Senat yadroviy zarar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilishni ma’qulladi

11:56 / 12.06.2025