Toshkentda bog‘chaga amaliyot o‘tash uchun kelgan talaba uxlamagan bolalarning oyog‘iga igna tiqib olgani aniqlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumani 122-bog‘chada bolalarni uxlamagani uchun oyoqlariga igna tiqishayotgani aytilgan video-xabar tarqaldi. Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz
Qayd etilishicha, pedagogika kolleji talabasi R.M. amaliyotini o‘tash uchun Yangihayot tumani «Oriyat» MFYda joylashgan 122-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga 2023 yil 11 may kunidan 4-sonli kichik guruhga qabul qilingan.
2023 yil 26 may kuni shu guruhdagi tarbiyalanuvchilar uxlamaganligi sababli 2-3 nafariga igna tiqib olganligi aniqlandi. Ma’lum qilinishicha, hozirda talaba R.M. amaliyotdan chetlatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tuman IIO FMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Hurmatli ota-onalar! Sizning farzandingiz ta’lim-tarbiya olayotgan muassasada yuqoridagi kabi noxush va boshqa noqonuniy holatlar qayd etilayotganiga duch kelsangiz, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishonch telefoni — 71-2370893 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz so‘raladi”, deyiladi Toshkent shahar MMTB matbuot xizmati ma’lumotida.
Mavzuga oid

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

10:09 / 28.08.2023
“Tanasida 3 ta igna qoldi” – ignalar bilan yashayotgan bolakay Azizbek 6 yoshga to‘ldi

17:53 / 01.08.2023
IIB xodimlari ma’ruza qilgan bog‘cha mas’ullari jazolandimi?

15:36 / 28.07.2023