Misrdan O‘zbekistonga gepatitga qarshi dorilarning beshinchi turkumi olib kelindi

O‘zbekiston 13:06 / 29.05.2023 4275

Ushbu insonparvarlik ko‘magi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, mamlakatning Qohiradagi elchixonasi va Uzbekistan Airways aviakompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. Insonparvarlik yuklarining olib kelinishi O‘zbekiston va Misr o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni yanada jadallashtirish, virusologiya jabhasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish doirasida ilgari erishilgan kelishuvlarning amaliy natijasi hisoblanadi.

Umumiy hajmi 17 mingdan ortiq dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlar o‘rtasida  taqsimlanadi.

Misr sog‘liqni saqlash vazirligi bilan 2023-2024 yillar davomida umumiy qiymati 4,8 million dollar hajmidagi 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) S gepatitiga qarshi dori vositalarini bepul yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

Ko‘proq yangiliklar: