Kanada hokkey bo‘yicha jahon chempionatida g‘alaba qozondi

Sport 08:46 / 29.05.2023 24166

28 may, yakshanba kuni Finlandiyaning Tampere shahridagi stadionda Kanada va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan yakunlangan hokkey bo‘yicha jahon chempionatida Kanada jamoasi g‘olib bo‘ldi. Nemislar kanadaliklarga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berib, JCh-2023 kumush medali sohiblariga aylanishdi. Kanada uchun finaldagi bu g‘alaba jahon chempionati tarixidagi 28-g‘alaba bo‘ldi.

JCh-2023 bronza medali Latviya jamoasiga nasib etdi, u qo‘shimcha vaqtda AQShni 4:3 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa, Latviya hokkey bo‘yicha jahon chempionati tarixida ilk bor shohsupadan joy oldi.

Dastlab, hokkey bo‘yicha 2023 yilgi jahon chempionati Sankt-Peterburgda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo musobaqalar Riga va Tamperega ko‘chirildi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi va Belarus terma jamoalari jahon chempionatida, shuningdek, Xalqaro hokkey federatsiyasi (IIHF) shafeligida o‘tkaziladigan boshqa musobaqalarda ishtirok etishdan chetlatildi.

Ko‘proq yangiliklar: