Hafta davomida havo harorati yanada ko‘tarilishi kutilyapti

O‘zbekiston 10:53 / 29.05.2023 6657

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida 29-31 may kunlari kovektiv bulutlilik rivojlanishida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Harorat kechalari +15...+20 daraja atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari ish haftasining boshida harorat +32...+37 darajadan oxiriga borib esa +35...+37 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.

Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi, shamol sharqiy yo‘nalishda esishi kutilmoqda. Havo harorati bugun kunduzi +32...+34 daraja bo‘ladi, hafta oxiriga borib +36...+37 darajagacha ko‘tariladi.

Ko‘proq yangiliklar: