Haagadagi namoyishlarda 1500 dan ortiq ekofaollar qo‘lga olindi

Jahon 11:35 / 29.05.2023 5230

27 may kuni Haagada “Yo‘q bo‘lib ketishga qarshi qo‘zg‘olon” (Extinction Rebellion) ekofaollar harakati tomonidan uyushtirilgan namoyishning kamida 1579 nafar ishtirokchisi qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda AFP va dpa axborot agentliklari Niderlandiya politsiyasiga tayanib.

Aksiyadan maqsad yonilg‘i qazib olish uchun davlat tomonidan subsidiyalar ajratilishiga qarshi norozilik bildirish edi. Tashkilotchilarga ko‘ra, tadbirda 6 mingga yaqin kishi ishtirok etgan. Namoyishchilar shahardan o‘tuvchi A12 avtomagistralida harakatni to‘sib qo‘yishdi. Bu shunday shiorlar ostida o‘tgan avtomagistraldagi birinchi harakat aksiyasi emas. Mart oyida ham xuddi shunday namoyishda 700 ga yaqin odam qo‘lga olingan edi.

OAV xabarlariga ko‘ra, ushlanganlarning kamida 40 nafari jinoiy javobgarlikka tortiladi. Boshqa narsalar qatorida, ular mulkka zarar yetkazish, davlat amaldorlarini haqorat qilish va bir holatda faol politsiyachini tishlaganlikda ayblanmoqda. Ayni vaqtda, huquq-tartibot idoralari xodimlari namoyishchilarni tarqatish uchun suv purkagichlardan foydalangan.

Qo‘lga olinganlar orasida niderlandiyalik bir qancha mashhur shaxslar, jumladan, “Taxtlar o‘yini” serialidagi Melisandra roli bilan tanilgan aktrisa Karis van Xauten ham bor. ANP agentligiga ko‘ra, u keyinroq politsiya bo‘limidan qo‘yib yuborilgan.

Ko‘proq yangiliklar: