YeI Vengriyaning Yevropa kengashini boshqarishga tayyorligiga shubha qilmoqda

Jahon 13:29 / 27.05.2023 7390

Vengriya, Yevropa Ittifoqi qonunchiligini takroran buzganligi sababli, kelasi yozda kirishishi kerak bo‘lgan Yevropa Ittifoqi Kengashi raisi roliga mos kelmaydi. Bu haqda Yevroparlament deputatlari tomonidan kelasi haftada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan rezolyutsiya loyihasida aytilgan, deb xabar beradi 26 may, juma kuni Euractiv internet-nashri.

Uning ma’lumotiga ko‘ra, bu loyihani nafaqat Yevroparlamentning uchta yirik partiyasi – konservativ Yevropa xalq partiyasi, «Sotsialistlar va demokratlarning progressiv alyansi» va «Yangi Yevropa» liberallari, balki «yashillar» va so‘llar fraksiyalari ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Hujjat qonuniy kuchga ega emas, lekin Bryussel va Budapesht o‘rtasidagi yana bir yirik siyosiy kelishmovchilikdan dalolat beradi, deya qayd etadi nashr. 

2010 yildan beri bosh vazir Viktor Orban yetakchiligidagi «FIDES-Vengriya fuqarolik ittifoqi» partiyasi tomonidan boshqarilayotgan Vengriya Yevroparlamentga navbatdagi saylovlardan bir oy o‘tmay, 2024 yil iyul oyida Yevropa Ittifoqi kengashiga raislik qilishi kerak. 

Yevropa Ittifoqi Kengashi raisi davlatining vazifalari ushbu organning boshqa Yevropa Ittifoqi institutlari bilan o‘zaro munosabatlarida vakilligini o‘z ichiga oladi: bu mamlakat Yevropa Parlamenti bilan qonunlar matnlarini muhokama qiladi va Yevropa Komissiyasi bilan aloqada bo‘ladi. YeI Kengashiga raislikning vazifasi «Yevropa Ittifoqining ustuvor yo‘nalishlarini Yevropa Kengashi rahbarligida aniq va rasmiy qarorlarga aylantirish», deyiladi tashkilot saytida. 

Ko‘proq yangiliklar: