Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiqda tormozi ishlamay qolgan «Isuzu» 4 ta yengil avtomobilga borib urildi
Namangan viloyatining Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot taqdim etdi.

Foto: Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Bugun, 27 may kuni soat 15:25 larda A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni 250-kilometrida «Toshkent-Vodiy» yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan «Isuzu» yuk avtomashinasining tormoz qismi ishlamay qolgan.
Ushbu holat oqibatida haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va shu yo‘nalishda turgan Kia, «Damas» va 2 ta «Kobalt» avtomashinalariga urilib, ovqatlanish maskani hududidagi favvoraga borib tushgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir nafar fuqaro vafot etgan va uch nafar fuqaro tan jarohati bilan Pop tumani shifoxonasiga yuborilgan.
Voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va tegishli tashkilotlar vakillari yetib borgan. Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda
O‘zbekiston | 16:59
-
BMT Bosh Assambleyasi «Tolibon» siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani ma’qulladi
Jahon | 16:54
-
Issiqxona gazlarining chiqarilishi cheklanadi
O‘zbekiston | 16:47
-
Yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikrini inobatga olish mexanizmi o‘rnatiladi
O‘zbekiston | 16:44
Mavzuga oid

13:31
Toshkent viloyatida YTH yuz berdi, jarohat olganlar bor

16:33 / 07.07.2025
Toshkentda Damas yo‘l chetida turgan yuk avtomobili tirkamasiga borib urildi

16:17 / 07.07.2025
Vengriyada avtobus ishtirokidagi YTHda 17 nafar ukrainalik bola jarohat oldi

14:10 / 04.07.2025