Narxlar 7 kecha-kunduz uchun amal qiladi.
Turkiyadagi halol mehmonxonalar musulmon an’analariga rioya qilishning keng imkoniyatlarini taqdim qiladi. Yozgi ta’tilni rejalashtirishdagi hal qiluvchi omil bu mehmonxonalarning muhim diniy qadriyatlarga mos kelishi va aynan Turkiya o‘z hududida shunday qulay va yoqimli dam olishni tashkil qilishda nozik yondashuv bilan ajralib turadigan bir qator taniqli mehmonxonalarni taqdim qiladi.
Turkiya: “halol” dam olishni maromiga yetkazgan betakror maskan
Bugungi kunda eng eksklyuziv sayyohlik yo‘nalishlaridan biri halol dam olish maskanlari bo‘lib, Turkiyadagi maxsus mehmonxonalar shu kesimda ko‘plab takliflarga ega. Boy islomiy tarixi va madaniyati, diniy qadriyatlarni inobatga olgan holda, bu yurtda sayyohlar uchun turar joy sharoitlaridan tortib, maxsus tayyorlangan va tanlangan xodimlargacha, ayollar va erkaklar uchun alohida-alohida eng kichik detallarni hisobga oladigan ko‘plab mehmonxonalar taklif etiladi. Antaliyadagi asl musulmon mehmonxonalari bilan eksklyuziv hamkorlikka ega Asialuxe Travel alkogol ichimliklardan xoli bo‘lgan “All Inclusive”ga asoslangan kompleks turlarni taklif etadi.
Musulmonlar uchun mo‘ljallangan mehmonxonalarning muhim xususiyatlari
Halol turizmning asosi bu islom shariati qonunlarini hurmat qilgan holda ibodat, ma’naviy rohatlanish va sifatli dam olishni uyg‘unlashtirish imkoniyatidir. Musulmon mehmonxonalarining har bir xonasi joynamoz, muqaddas kitob va tahorat uchun zaruriy jihozlar bilan ta’minlangan. Shuningdek, erkaklar va ayollar uchun alohida namozxonalar, axloqiy va diniy ma’ruza va darslar kabi halol ko‘ngilochar tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Muhimi, barcha qo‘shimcha tadbirlar tashrif buyuruvchilarning ma’rifiy talablari va e’tiqodlarini hisobga olgan holda tashkillashtiriladi.
Mehmonxona hududida ayol va erkaklar uchun alohida ajratilgan maskanlar
Musulmon inson mehmonxonani tanlashda doimo o‘zi va opa-singillari uchun yaratilgan sharoit va maxsus qoidalarni e’tiborga oladi. Bunday dam olishning muhim jihatlaridan biri erkaklar va ayollar uchun suv havzalari, plyajlar va SPA markazlari kabi suv inshootlarining alohida bo‘lishidir. Bundan tashqari, mehmonxonaning ajratilgan hududlarida tashrif buyuruvchilarga tegishli jinsdagi maxsus tanlangan xodimlar xizmat ko‘rsatadi: ayollar hududida – ayollar, erkaklar uchun erkaklar, negaki bu qoida har bir sayyohning xavfsizligi va qulay hordiq chiqarishi garovidir. Turkiya muslim mehmonxonalarida har bir kishi maroqli dam olishi mumkin, sababi bu yerda ma’lum qoidalar amal qiladi, masalan, suv havzasida yoki dengizda suzish paytida, dam olish paytida ham, mehmonlarga ochiq-sochiq kiyim kiyishga ruxsat bermaydi.
Soft ALL INCLUSIVE
Qayd etish joizki, musulmon mehmonxonalarining eng muhim afzalligi – halol alkogolsiz All-Inclusive menyu bo‘lib, taomlarning eng boy tanlovi va keng assortimentini taqdim etadi. Mehmonxona turistlari barcha diniy talablar asosida tayyorlangan halol taomlarning sifat mezonlari va kafolati borasida mutlaqo xotirjam bo‘lishlari mumkin. Eng muhimi, mehmonxonaning barcha hududlarida salqin va halol ichimliklarning ajoyib menyusi taklif etilgan.
“Asialuxe Travel”dan tavsiya etilgan eng oldi musulmon mehmonxonalar ro‘yxati
Biz butun dunyo bo‘ylab sayohatchilar va sayyohlarimiz yillar davomida tanlagan, ushbu yo‘nalish bo‘yicha ixtisoslashgan, eng ko‘p talabga sazovor mehmonxonalar ro‘yxatini taklif etamiz:
- Rizom Beach 5* 18,1 mln so‘mdan
- Bera Alanya mehmonxonasi 5* 18,8 mln so‘mdan
- Sah Inn Paradise 5* 20,3 mln so‘mdan
- Adin Beach Hotel 5* 20,3 mln so‘mdan
- Selge Beach Resort & Spa 5 * 20,5 million so‘mdan
- Adenya Hotel & Resort 5* 21,6 mln so‘mdan
- Wome Deluxe Resort Hotel 5* 25,0 mln so‘mdan
Halol va asl muslim dam olish maskanlari bu – din va ma’naviyat qoidalarining barcha nozik tomonlarini hisobga olgan eksklyuziv sayohat. Shuning uchun butun dunyo bo‘ylab ko‘plab musulmonlar bugungi kunda ushbu toifadagi eng yaxshi mehmonxonalar uchun oldindan buyurtma qilishga harakat qilmoqdalar, chunki har qanday vaqtda bo‘sh xonalar yo‘q bo‘lishi ehtimoli juda katta.
Antaliyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar 1 iyundan boshlab har kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning qulay avialaynerlarida amalga oshiriladi.
Quyidagi sanalarda halol mehmonxonalarga keng qamrovli turlar ham mavjud:
- 04.06.2023-11.06.2023
- 05.06.2023-12.06.2023
- 06.06.2023-13.06.2023
- 07.06.2023-14.06.2023
Kompleks turistik to‘plam, narxlar va parvoz shartlari haqida batafsil ma’lumotni kompaniya veb-saytida yoki operatorlar yordamida quyidagi telefon orqali olishingiz mumkin:
(+998) 71-211-22-22
(+998) 71-201-77-77
(+998) 95-080-87-88
Turistik to‘plamni buyurtma berishda mukammal qulaylik uchun Asialuxe Travel mobil ilovasini (Google Play va AppStoreʼda mavjud) yuklab olishni tavsiya etamiz.
Asialuxe Travel — sizning milliy turoperatoringiz!
Veb-sayt: asialuxe.uz
Telegram kanali: https://t.me/Asialuxe
Telegramda qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours
Facebook: asia.luxe.travel
Instagram: @asialuxe.travel
Reklama huquqi asosida