Tojikiston TIVda Rossiya elchisi bilan tojiklarning kaltaklanishi muhokama qilindi

Jahon 11:04 / 26.05.2023 8627

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligida Rossiya Federatsiyasining mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Semyon Grigorev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda unga “Rossiya hududida Tojikiston fuqarolari turli bahonalar bilan ommaviy qo‘lga olinayotgani to‘g‘risida kelib tushayotgan ma’lumotlar” munosabati bilan Tojikiston tomonining xavotiri bildirildi. Bu haqda 24 may, chorshanba kuni kechqurun Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Mavjud va yuzaga kelayotgan migratsiya muammolariga birgalikda chora ko‘rish zarurligi, shuningdek, migratsiya masalalari bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni ishlab chiqishda kelishilgan harakatlarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi”, — deyiladi Tojikiston TIV xabarida.

Suhbatning muhim mavzusiga 19 may kuni Xabarovsk o‘lkasida sodir bo‘lgan voqea aylandi. Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha kuni universitetning 3-sonli yotoqxonasida yashovchi Komsomolsk-Amur davlat universitetining yuzdan ortiq tojikistonlik talabalari “Rossiya huquq-tartibot idoralari tomonidan so‘roqqa tutilgan va shafqatsiz munosabatga duch kelgan”.

“Sibir.Realii” internet nashrining yozishicha, universitet rektori Eduard Dmitriyev talabalar va huquq-tartibot xodimlari o‘rtasidagi mojaroni bilvosita tasdiqlagan, biroq xavfsizlik kuchlari tojikistonliklarni kaltaklagani faktini rad etgan. Dmitriyevning so‘zlariga ko‘ra, universitet migratsiya xizmati tomonidan tekshirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: