Diabet maktabi – salomatlikka sening qadaming!

Jamiyat 17:34 / 26.05.2023 18915

Raqamli yechimlarning o‘sish tendensiyasini hisobga olgan holda O‘zbekiston Endokrinologlar milliy assotsiatsiyasi (keyingi o‘rinlarda O‘EMA) va akademik Y.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda RIEITM deb yuritiladi) tomonidan qandli diabet bilan kasallanganlar uchun “Diabet maktabi” raqamli ta’lim platformasini yaratish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Ushbu loyihaning vazifasi bemorlarga to‘laqonli hayot kechirishga, kasallikni to‘g‘ri nazorat qilishga, terapiyada kerakli natijalarga erishishga yordam berishdir. Diabet maktabi qandli diabetning 1-turiga chalingan odamlar, shuningdek, ularning atrofidagilari: ota-onalar, qarindoshlar, tibbiyot xodimlari va boshqalar uchun mo‘ljallangan. 

Platformaning o‘ziga xos jihati shundaki, sayt materiallari saralanib, O‘zbekiston madaniyati va an’analariga moslashtirilgan hamda o‘zbek va rus tillarida taqdim etilgan. Masalan, “Bolalar uchun” bo‘limida ertak qahramonlari asal va novvot qandli diabet haqida gapirib beradi, “Foydali materiallar” bo‘limida esa o‘zbek milliy taomlari uchun mo‘ljallangan non birliklari haqida ma’lumotlar berilgan. Saytda shuningdek, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, qondagi shakar miqdorini nazorat qilish, parvarish va atrofdagilarning qo‘llab-quvvatlashi muhimligi haqida maslahatlar mavjud. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish uchun barcha materiallarni yuklab olish mumkin. 

Uzoq kutilgan voqea, platformaning ishga tushishi, 19 may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shahar va viloyatlardan 60 dan ortiq endokrinologlar, bemorlarni o‘qitish bo‘yicha instruktorlar, O‘EMA, RIEITM, Sog‘liqni saqlash vazirligi, bemorlarni qo‘llab-quvvatlash tashkilotlari vakillari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.  

 Kun dasturidan mutaxassislar ishtirokidagi panel muhokamasi o‘rin olgan bo‘lib, unda diabetologiyaning dolzarb masalalari: qandli diabetni tushunishdagi to‘siqlar, shifokor va bemor o‘rtasidagi ongli hamkorlik, bemorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash dasturlari muhokama qilindi. 

Dasturning eng ta’sirli qismi kasallik bilan qanday yashayotganliklarini aytib bergan bemorlarning hayotiy hikoyalari bo‘ldi. Ulardan biri Aleksandr Ivanovich Lesnyak "Diabet bilan 50 jasoratli yil uchun" xalqaro Joslin medali sohibidir. Ushbu medal xuddi shu nomdagi Amerikaning diabet bo‘yicha ta’lim va tadqiqot markazi tomonidan diabetga qarshi kurashda erishilgan yutuqlar e’tirofi sifatida taqdim etiladi.  

 “Diabet maktabi” loyihasi joriy yilda o‘zining yuz yilligini nishonlayotgan Novo Nordisk global farmatsevtika kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. O‘zbekistonda ofisi ochilganidan beri Novo Nordisk kompaniyasi endokrinologlar, shuningdek, qandli diabet bilan kasallangan bemorlarni o‘qitish va rivojlantirishga qaratilgan ta’limiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. 

Shuni ta’kidlash joizki, Diabet maktabi loyihasi asoschilari bu bilan cheklanib qolmaydi. Kelgusi rejalarga sayt imkoniyatlarini yanada kengaytirish, foydali materiallar sonini ko‘paytirish, O‘zbekistonda diabet hamjamiyatini tashkil etish kabi vazifalar kiritilgan. Shuningdek, asoschilar Diabet maktabi diabetni nazorat qilishda foydali vosita bo‘lib, terapiyada muvaffaqiyatlarga erishishga yordam beradi, deb hisoblashadi.  

Qandli diabet haqida ko‘proq ma’lumotni http://diabet-maktab.uz/ saytida olishingiz mumkin.

Novo Nordisk ko‘magida nashr etildi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: