Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada XAKS aviako‘rgazmasi 30 yil ichida birinchi marta qoldirildi
Xalqaro aviakosmik salon noma’lum muddatga qoldiriladi, deb xabar berdi «Kommersant» gazetasi. Tashkilotchilar xavfsizlik bo‘yicha xavotirlar va G‘arb sanksiyalarini sabab sifatida keltirgan.

Su-35 Foto: Alexander Strela/Zoonar/picture alliance
Rossiyada 1993 yildan beri muntazam o‘tkazib kelinayotgan va bu yil 16-marotaba o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Xalqaro aviakosmik salon (XAKS) xavfsizlik nuqtayi nazaridan noma’lum muddatga qoldirilgan. Bu haqda 25 may, payshanba kuni «Kommersant» gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.
Tadbir 25-30 iyul kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo endi u faqat 2024 yilda, hatto undan keyin ham o‘tkazilishi mumkin, deb hisoblaydi nashr suhbatdoshlari. Ulardan biri salon joriy yilning oxirigacha «Moskvadagi maydonlardan birida pavilon formatida» o‘tkazilishi mumkinligini istisno etmadi.
«Kommersant» nashrining yozishicha, aviasalonning keyinga qoldirilganiga tashkilotchilar xavfsizlik choralarini kerakli darajada ta’minlay olmagani sabab bo‘lgan: tadbirga kuniga o‘n minglab odamlar tashrif buyuradi, joy ochiq va parvoz dasturiga chetdan aralashuv xavfi mavjud. «Ehtimol, xavfsizlik choralarini kuchaytirish mumkin, ammo dronlardan kelib chiqadigan potensial tahdidlarga qarshi radioelektron kurash uslublaridan foydalanish parvoz dasturiga xalaqit beradi», deb tushuntirdi «Rostex»ga yaqin manba.
«Vedomosti»ning yozishicha, XAKS ham xavfsizlik nuqtayi nazaridan, ham G‘arb sanksiyalari fonida xorijiy kompaniyalarning ishtiroki cheklanganligi sababli keyinga qoldiriladi. Moskva viloyatida qulagan dronlar bo‘laklari bir necha bor topildi. 3 may kuni Moskva Kremliga uchuvchisiz uchoqlar hujum qildi, shundan so‘ng Rossiya poytaxtida dronlarni uchirish taqiqlandi.
Mavzuga oid

21:01
Tramp Rossiyaga Ukraina bilan kelishuvga erishish uchun 50 kun muhlat bermoqchi

20:19
Rossiya sudi yozuvchi Boris Akuninni sirtdan 14 yillik qamoqqa hukm qildi

19:03
Putin Trampga Rossiya yaqin orada Ukrainadagi hujumlarini kuchaytirishini aytdi – OAV

18:16