«Rossiya ko‘ngillilar korpusi» Rossiyada yangi reyd o‘tkazilishini e’lon qildi

Jahon 16:03 / 25.05.2023 9754

Belgorod viloyati, Glotovo qishlog‘idan olingan videoda ikki jangchi Rossiya pochtasining Glotovodagi idorasi yonida turgani aks etgan. 

«Albatta, bu safar hech kimga videoni Kiyev viloyatida emas, balki vatanda tasvirga tushirganimizni isbotlash shart emas. Shunga qaramay, biz bunday videolarni yaxshi an’anaga aylantirishga qaror qildik», deyiladi videoga qoldirilgan izohda. 

U aniq qachon olinganligi haqida xabar berilmagan. «Dojd» nashrining yozishicha, videodagi odamlardan biri - RKK qo‘mondoni Denis Nikitin (Kapustin). 

Uning so‘zlariga ko‘ra, RKK «Rossiya hududiga bemalol kirib kelyapti - janglar bilan yoki jimgina, endi bu muhim emas». «Bizni o‘z aholi punktingizda kuting», — dedi u. 

22 may kuni Belgorod viloyatida Ukraina hududidan kirib kelgan bo‘linmalar bilan to‘qnashuvlar yuz berdi. Rossiya Federatsiyasi hukumati «diversantlarning mag‘lubiyati» haqida e’lon qildi, o‘z navbatida, RKK va «Rossiyaga ozodlik» legioni Belgorod viloyatining bir nechta aholi punktlari «ozod etilgani» to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Ko‘proq yangiliklar: