Rossiya Kiyevga dronlar yordamida yangi havo hujumlarini amalga oshirdi

Jahon 11:26 / 25.05.2023 9466

Ukraina poytaxti Kiyev 25 may, payshanbaga o‘tar kechasi yana Rossiya aviazarbalariga uchradi, deb ma’lum qildi Kiyev viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popko o‘zining Telegram-kanalida. Uning so‘zlariga ko‘ra, zarbalar ommaviy bo‘lgan, Kiyevdagi havo trevogasi uch soatdan ortiq davom etgan. Popko shuningdek, Kiyev bir necha marta hujumlar to‘lqiniga uchraganini va Rossiya, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda ishlab chiqarilgan kamikadze dronlardan foydalanganini aytdi. 

Ukraina harbiy-havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyevga 36 ta uchuvchisiz uchish apparati uchirilgan, ularning barchasi yo‘q qilingan.

Ukraina rasmiylari boshqa shaharlarga ham havo zarbalari berilgani haqida xabar qildi. Havo hujumi haqida ogohlantirish, xususan, Rivne, Lviv, Ivano-Frankivsk, Odessa va Chernovits viloyatlarida yangradi. 

May oyi boshidan beri Rossiya yana tunda Kiyevni o‘qqa tuta boshladi. To‘rt kun oldin Rossiya kuchlari shaharga yirik raketa hujumini uyushtirgan edi. Sergey Popkoning so‘zlariga ko‘ra, may oyida Kiyev 12 marta bombardimon qilindi. 

Ko‘proq yangiliklar: