O‘zbekistonda eng ko‘p oilaviy korxonalar Samarqand viloyatida faoliyat yurityapti 

O‘zbekiston 11:37 / 25.05.2023 5542

Respublikada 2023 yilning 1 may holatiga 47 813 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 8 477 ta.

Keyingi o‘rinlardan oilaviy korxonalar soni mos ravishda 5 261 ta va 4 878 tani tashkil etgan Farg‘ona viloyati hamda Xorazm viloyati joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

— Qashqadaryo viloyati – 4 642 ta;
— Surxondaryo viloyati – 4 302 ta;
— Toshkent viloyati – 3 990 ta; 
— Navoiy viloyati – 3 690 ta;
— Buxoro viloyati – 2 987 ta;
— Toshkent shahri – 2 883 ta;
— Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1 996 ta;
— Jizzax viloyati – 1 734 ta;
— Andijon viloyati – 1 645 ta;
— Namangan viloyati – 1 082 ta;
— Sirdaryo viloyati – 246  ta.

Ko‘proq yangiliklar: