Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qozog‘iston bilan chegaradagi navbat muammosini hal qilish bo‘yicha takliflar berdi
Xususan, haydovchilar fuqaroligi va transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlatga doir cheklovlarni bekor qilish taklif etildi.

Foto: yuz.uz
O‘zbekiston va Qozog‘iston bojxona xizmatlarining ikki tomonlama sayyor uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Ilhom Muxtorov va Qozog‘iston Moliya vazirligi huzuridagi Davlat daromadlari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Bakitjan Slyamov, Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Beybut Atamqulov, ikkala davlat chegara nazorati rahbariyati vakillari ishtirok etdi.
Dastlab tomonlar Qozog‘istonning “Jibek-Joly” chegara-bojxona postida muzokaralar olib borishdi, unda asosiy e’tibor shu kunlarda o‘zbek-qozoq chegara o‘tkazish punktlarida kuzatilayotgan yuk avtotransport vositalarining tirbandligiga qaratildi. Ayni vaqtda yurtimizda pishiqchilik mavsumi boshlangan bo‘lib, noyabr oyiga qadar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksporti kundan kunga oshadi. Mazkur omillar natijasida o‘zbek-qozoq chegara o‘tkazish punktlarida shu kunlarda jami hisobda mingga yaqin yuk avtotransport vositalarining tirbandligi kuzatilmoqda.
Uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekistoning “G‘ishtko‘prik”, “Yallama”, “Sirdaryo” chegara bojxona postlari, “Malik”, “Oq oltin” o‘tkazish punktlari, Qozog‘istonning esa “B.Konysbayev”, “Atameken” kabi chegara bojxona postlarida ham bo‘lib, mavjud vaziyatni joyida ko‘zdan kechirishdi, tirbandlikda turgan haydovchilar bilan yaqindan muloqot qildi. Tomonlar muammoni tezkorlik bilan bartaraf etishga qaratilgan takliflarni atroflicha muhokama etdi.
O‘zbekiston tomoni asosan kunduzgi vaqtda faoliyat yurituvchi “Malik” (O‘zbekiston) – “Sirdaryo” (Qozog‘iston) o‘tkazish punktini sutkalik rejimga o‘tkazish, shuningdek, harakatlanayotgan haydovchilarning fuqaroligi va transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlatga doir cheklovlarni bekor qilish taklifini ilgari surmoqda. Buning uchun ikkala davlat o‘rtasida 2001 yilda imzolangan kelishuvlarga o‘zgartirishlar kiritish loyihasi ham ishlab chiqilgan.
“Yallama” (O‘zbekiston) – “B.Konysbayev” (Qozog‘iston) chegara-bojxona postlari orqali yuk avtotransport vositalarining o‘tkazuvchanligini sutkasiga 700 tagacha kengaytirish taklifi ham ilgari surildi. Buning uchun qo‘shimcha kuch va vositalar, xususan, ilg‘or axborot texnologiyalarini keng jalb etish nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil JSST omboriga hujum qildi: G‘azoda ommaviy o‘limlar xavfi kuchaymoqda
Jahon | 16:52
-
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi
O‘zbekiston | 16:19
-
Angrenda 14 yoshli qizga jinsiy zo‘ravonlik bo‘lgani aytilmoqda
O‘zbekiston | 16:13
-
Bojni iste’molchi to‘lamoqda. Noqonuniy importga zarba iPhone narxlarini oshirdi
O‘zbekiston | 16:05
Mavzuga oid

15:35
Qozog‘iston ko‘chmas mulk bozori. Narxlar qanday?

15:24 / 22.07.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida 450 metrli tunnel aniqlandi

18:58 / 21.07.2025
Qozog‘istonda elektron sigaretalar taqiqlandi

09:48 / 19.07.2025