Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Federatsiya kengashi Yevropada oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilinishini ma’qulladi

Foto: AP
Rossiya Federatsiya kengashi Yevropada oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnomani denonsatsiya qilishni ma’qulladi, unda ishtirokchi davlatlar uchun oddiy qurollar va harbiy texnikalar soniga cheklovlar belgilangandi.
Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi 16 may kuni Yevropada oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnomani denonsatsiya qilish haqidagi qonunni qabul qilgandi. Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin bu qaror «Rossiya fuqarolari manfaatlaridan kelib chiqqan holda» qabul qilinganini aytdi.
Yevropada oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnoma 1990 yil 19 noyabrda Parijda NATOning 16 ta davlati (Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, AQSh, Turkiya va Fransiya) hamda Varshava shartnomasining oltita davlati (Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, SSSR va Chexoslovakiya) tomonidan imzolangan, 1992 yil 9 noyabrda kuchga kirgan. Shartnoma imzolagan davlatlar ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan harbiy texnika, jumladan, tanklar, artilleriya, vertolyotlar va samolyotlar miqdori uchun kvotalarni belgilab bergan.
1999 yilda Yevropada oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnomani yangi siyosiy voqelik asosida moslashtirishga qaror qilindi, ammo Shimoliy Atlantika ittifoqi davlatlari moslashtirilgan shartnomani ratifikatsiya qilmay, Rossiyadan Gurjiston va Dnestrbo‘yidan qo‘shinlarini olib chiqish majburiyatlarini bajarishini so‘radi, Boltiqbo‘yi mamlakatlari (Latviya, Litva, Estoniya) va bir qator Bolqon davlatlari (Sloveniya, Albaniya va Xorvatiya) unga qo‘shilishdan bosh tortdi.
Rossiya 2007 yilda NATO davlatlaridan shartnomani ratifikatsiya qilishni talab qilib, undagi ishtirokini to‘xtatgan edi. 2015 yilda Rossiya Federatsiyasi Yevropada oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha Qo‘shma maslahat guruhi yig‘ilishlarida ishtirok etishni to‘xtatdi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenkoga Ukraina bosh vaziri lavozimini taklif qildi
Jahon | 21:32
-
Tramp Rossiyaga Ukraina bilan kelishuvga erishish uchun 50 kun muhlat bermoqchi
Jahon | 21:01
-
AQSh Zangezur yo‘lagini 100 yilga ijaraga olmoqchi
Jahon | 20:57
-
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37
Mavzuga oid

21:01
Tramp Rossiyaga Ukraina bilan kelishuvga erishish uchun 50 kun muhlat bermoqchi

20:19
Rossiya sudi yozuvchi Boris Akuninni sirtdan 14 yillik qamoqqa hukm qildi

19:03
Putin Trampga Rossiya yaqin orada Ukrainadagi hujumlarini kuchaytirishini aytdi – OAV

18:16