«Ko‘ksaroy»da Singapur prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 13:26 / 24.05.2023 13119

Bugun, 24 may kuni «Ko‘ksaroy» qarorgohida Singapur rahbarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qildi.

Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushishdan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Ko‘proq yangiliklar: