Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Ipak Yo‘li” Banki XSRIK bilan yangi shartnoma orqali kichik va o‘rta biznesni islomiy moliya bilan ta’minlaydi

Foto: Ipak Yo‘li
“Ipak Yo‘li” aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK), kichik va o‘rta biznesga alohida e’tibor qaratgan holda, O‘zbekistondagi xususiy sektor mijozlarining moliyaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida moliyalashtirish liniyasi bo‘yicha yangi kelishuv imzoladi. Kelishuv 2023 yil 12 may kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Islom taraqqiyot banki guruhining yillik yig‘ilishida imzolangan.
Kelishuvga muvofiq, XSRIK agentlik kelishuvi – vakala asosida Ipak Yo‘li Banki tomonidan tavsiya etilgan xususiy sektor loyihalarini murobaha vositasidan foydalangan holda moliyalashtirish uchun 15 million AQSh dollari va 5 million yevro miqdorida moliyalashtirish liniyasini taqdim etadi. Bu mablag‘lar O‘zbekistonda xususiy sektorning o‘sishiga ko‘maklashishi va tadbirkorlarga milliy iqtisodiyotni kengaytirishga yordam beradigan qo‘shimcha qiymatga ega loyihalarni yaratish imkonini berishi kutilmoqda.
Yangi moliyalashtirish shartnomasi XSRIK va Ipak Yo‘li banki o‘rtasida 2006 yilda boshlangan mustahkam hamkorlikning dalilidir. O‘shandan buyon Bank XSRIK tomonidan taqdim etilgan to‘rtta moliyalashtirish liniyasini jalb qildi, shulardan oxirgi kelishuv XSRIK kanallarini rivojlantirish strategiyasiga mos keladi va a’zo mamlakatlarda xususiy sektor loyihalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini tasdiqlaydi. Ushbu shartnomada qo‘llangan murobaha instrumenti mashhur islomiy moliya vositasi bo‘lib, tovar yoki aktivlarni tannarxida qo‘shimcha qiymat bilan sotib olishga imkon beradi va bu shariatga muvofiq moliyalashtirishga intilayotgan korxonalar uchun jozibador variant hisoblanadi.
Reklama
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Pokiston Boburiylar sulolasi tarixi bo‘yicha qo‘shma tadqiqot o‘tkazadi
O‘zbekiston | 12:30
-
Plastik karta orqali pora olgan bojxona inspektori ushlandi
O‘zbekiston | 12:29
-
Stratosferdan sakragan Feliks Baumgartner paraplan qulashi oqibatida halok bo‘ldi
Jahon | 12:16
-
Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 12:15
Mavzuga oid

19:00 / 22.05.2023
“Ipak Yo‘li” banki yevropalik hamkorlar bilan xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

08:44 / 20.12.2022
ITFC Ipak Yo‘li banki bilan qiymati 15 million AQSh dollariga teng moliyalashtirishga oid shartnomani imzoladi

18:55 / 15.09.2022
«Ipak Yo‘li» AITB Osiyo Taraqqiyot banki tomonidan uchinchi marotaba savdoni moliyalashtirish bo‘yicha yetakchi hamkor bank sifatida tan olindi!

19:58 / 15.06.2022