«Fotih Karagyumruk» Andrea Pirloni iste’foga chiqardi
Turkiyaning «Fotih Karagyumruk» klubi italiyalik Andrea Pirlo bilan xayrlashdi.

Foto: Getty Images
Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, tomonlar kelishuvni o‘zaro rozilik asosida bekor qilgan. Pirlo bilan birga uning murabbiylar shtabi ham jamoani tark etadi. Qayd etilishicha, klub hozircha yangi bosh murabbiy masalasida bir qarorga kelmagan.
Andrea Pirlo mavsumlar oralig‘ida yangi takliflar uchun ochiq bo‘ladi. Murabbiyning yana Italiyaga qaytishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Otabek Shukurov faoliyat olib borayotgan klub Turkiya Superligadasida 9-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Pirlo 2022 yilning 12 iyun kuni klub bosh murabbiyiga aylanib, 2024 yilga qadar shartnoma imzolagandi.
Mavzuga oid

13:48 / 10.03.2025
Istanbul shahridagi Bosh konsulxona Turkiyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

01:14 / 07.03.2025
Turkiya Gretsiya bilan chegarada birinchi marta devor quradi

19:18 / 06.03.2025
O‘jalanning chaqirig‘i: Bu Erdo‘g‘anning hokimiyatini uzaytiradimi?

16:59 / 06.03.2025