“Asialuxe Travel”dan 2023 yil uchun ideal oilaviy dam olish formulasi

Jamiyat 20:00 / 24.05.2023 23215

Antaliya – bolalar ko‘ngilochar maydoni

Bugungi kunda Antaliya farzandlaringiz bilan qiziqarli sayohat va birinchi darajadagi ta’til uchun Turkiyadagi eng yaxshi dam olish maskani hisoblanadi. Shahardagi qulay va rivojlangan infratuzilma hamda Antaliyaning tengsiz qumli va toshli plyajlari “Moviy bayroq”qa ega. Shuni ta’kidlash joizki, shahar doim o‘zining tozaligi va dam oluvchilar uchun yaratilgan qulaylik darajasi bilan mashhur bo‘lgan. Bundan tashqari, Antaliya mehmonxonalari qulay va unutilmas oilaviy dam olishni tashkillashtirishga qaratilgan. Asosiysi, bu yerdagi vaqtingiz ko‘plab diqqatga sazovor joy, shahar va uning atrofidagi ko‘ngilochar maskanlardan foydalanish imkoniyati tufayli qiziqarli voqealarga boy bo‘ladi.

Hech shubha yo‘qki, har bir ota-ona farzandlarining yozgi ta’tili unutilmas lahzalarga boy bo‘lishini xohlaydi! Aynan Antaliyada mukammal dam olish haqidagi orzularingizni haqiqatga aylantirishingiz mumkin! Farzandlaringiz va butun oilangiz go‘zal manzara, lazzatli taomlar, eng muhimi, iliq dengiz va uning muattar havosidan bahramand bo‘lishlari mumkin bo‘ladi! Farzandlarimizning har tomonlama rivojlanishi va salomatligi uchun yana nima kerak?

Antaliya gurmanlar hududi

Har bir ota-onaga bolaning ovqati sog‘lom va foydali bo‘lishi juda muhimdir. Bu, ayniqsa, yozgi ta’tilni rejalashtirishda dolzarb bo‘lib, ba’zida barcha zarur shart-sharoitlarga ega “aynan o‘sha, ko‘ngildagidek mehmonxona”ni topish qiyin bo‘lishi mumkin. Antaliya mehmonxonalari bolalar ovqatiga alohida e’tibor berib, mohir gurmanlar uchun juda keng tanlov va turli taomlarni taqdim etadi! Antaliyadagi barcha restoranlarda bolalar menyusi, qulay va xavfsiz mebellar bilan jihozlangan rangli maydon, shuningdek, ota-onalar uchun maxsus chaqaloq bo‘tqalarini tayyorlash mumkin bo‘lgan oshxona burchaklari mavjud.

Antaliya mehmonxonalari – butun oila uchun birinchi darajali qulaylik hududidir

Antaliya mehmonxonalari bolalarning yoshidan qat’i nazar, har doim ular uchun eng yaxshi o‘yin-kulgi va qulay dam olishni tashkillashtirishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu yerda har bir bola o‘zi uchun qiziqarli mashg‘ulot bilan band bo‘ladi, animatorlar mavzuli tadbirlar o‘tkazadi, diskotekalar, turli mahorat darslari, musobaqa, tanlov, o‘yinlar va boshqa ko‘plab tadbirlar tashkil qilinadi. Farzandingiz hali chaqaloq bo‘lsa, sizning zavqli hordiq chiqarishingiz uchun maxsus o‘qitilgan enagalar unga g‘amxo‘rlik qiladi. 2-4 yoshli bolalar uchun kichik klublarda qiziqarli mashg‘ulotlar mavjud. Shu bilan birga, o‘smirlar uchun dastur futbol akademiyasi va dizayn maktabidagi mashg‘ulotlar, amfiteatr sahnasida o‘z aktyorlik mahoratini namoyish etish imkoniyati, animatorlar bilan baydarkada sayohat va sayr qilish yoki do‘stlar bilan kinoteatrda film tomosha qilish imkoniyatini o‘z ichiga oladi.

Antaliya mehmonxonalarida bolalar maroqli dam oladilar va har doim band bo‘ladilar, ota-onalar esa tinch-osoyishta dam olishlari mumkin!

Antaliya hayratlanarli attraksionlarga ega hududdir

Antaliya – millionlab aholiga ega rivojlanayotgan zamonaviy shahardir va albatta, bolalar bilan borish mumkin bo‘lgan ko‘plab joylar mavjud: Okeanarium (Antalya Aquarium), Hayvonot bog‘i (Antalya Hayvanat Bahçesi), Turkiya disneylendi (The Land of legends) – qamrovni his qilyapsizmi? Bu haqiqatan ham Turkiyadagi eng katta istirohat bog‘i bo‘lib, uning hududida bir nechta dam olish joylari joylashgan: istirohat bog‘i, akvapark, turli mazmundagi maydonchaga ega jajji bolajonlar o‘yingohi.

“Asialuxe Travel”dan eng yaxshi oilaviy mehmonxonalar

O‘tgan yillar davomida minglab sayyohlar “Asialuxe Travel” kompaniyasi faoliyatidan mamnun bo‘ldi va biz ham mijozlarimiz uchun eng yaxshi sayohat va unutilmas dam olish imkoniyatini qayta-qayta tashkil qilishdan xursandmiz.

Mehmonlarimizga qulaylik yaratish uchun biz eng yaxshi va nufuzli Antaliya mehmonxonalarining qisqacha ro‘yxatini tuzdik va har qanday did va budjet uchun 3 ta ro‘yxatni taklif etamiz.

1. Hamyonbop 5*:

Daima Biz Hotel 5* 1119 USDʼdan boshlab.

Limak Limra Hotel & Resort 5* 1772 USDʼdan boshlab.

Akka Antedon Hotel 5* 1813 USDʼdan boshlab.

Queenʼs Park Rai Premium Tekirova 5* 1866 USDʼdan boshlab.

2. Eng yaxshi narx va sifatga ega mehmonxonalar:

Bellis Deluxe Hotel 5* 2 375 USDʼdan boshlab.

Titanik Mardan Palace 5 * 2 794 USDʼdan boshlab.

Rixos Park  Belek 5 * 2 456 USDʼdan boshlab.

Gural Premier Belek 5 * 2 838 USDʼdan boshlab.

Gural Premier Tekirova 5 * 3 014 USDʼdan boshlab.

3. Hashamatli mehmonxonalar:

NG Phaselis Bay 5* 3 722 USDʼdan boshlab.

Rixos Premium Belek 5 * 4 169 USDʼdan boshlab.

Cullinan 5 * 4 309 USDʼdan boshlab.

Regnum Carya 5 * 5 500 USDʼdan boshlab.

Maxx Roal Belek Golf Resort 5* 6 000 USDʼdan boshlab.

Sizning eng yaxshi ta’tilingiz: o‘z vaqtida o‘ylangani!

Antaliya 2023 yil yozida ham o‘zbekistonlik sayyohlar uchun eng mashhur yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. Shu sababli Turkiya qirg‘oqlaridagi mehmonxonalarda dam olishni rejalashtirayotgan har bir kishiga may oyidagi maxsus takliflarni qo‘lga kiritish uchun hoziroq joy band qilishlarini maslahat beramiz.

Kompleks turistik to‘plamlar, narxlar va parvoz shartlari haqida batafsil ma’lumotni kompaniya saytidan yoki quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:

(+998) 71-211-22-22                                                     

(+998) 71-201-77-77

Turistik to‘plamlarni band qilishda maksimal qulaylik uchun “Asialuxe Travel” mobil ilovasini (Google Play va AppStoreʼda mavjud) yuklab olishni tavsiya qilamiz.

Kompleks turistik to‘plamlar “Asialuxe Travel” savdo ofislarida va O‘zbekistondagi barcha sayyohlik agentliklarida mavjud.

Asialuxe Travel – Sizning milliy turoperatoringiz!

Sayt: asialuxe.uz

Telegram-kanal: t.me/Asialuxe

Telegram/qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours

Facebook: asia.luxe.travel

Instagram: @asialuxe.travel

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: