OAV: Bayden Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini e’lon qiladi

Jahon 08:27 / 20.05.2023 4891

To‘plamga Kiyevga yaqin oylardagi shiddatli janglarda kerak bo‘ladigan artilleriya snaryadlari, zirhli transport vositalari va tankka qarshi qurollar kiradi, deb yozadi nashr.

Germaniya Ukrainaga deyarli 2,7 milliard yevroga teng eng yirik harbiy yordam paketini tayyorlamoqda. Uning tarkibiga Marder piyoda qo‘shinlarining jangovar mashinalari, Leopard 1 tanklari, Gepard o‘ziyurar zenit qurollari, o‘q-dorilar bilan IRIS-T SLM havo mudofaa tizimlari va boshqa turdagi og‘ir texnikalar kiradi, deb xabar berdi Der Spiegel 13 may kuni Berlindagi manbalarga tayanib.

Nashrning yozishicha, bu paket so‘nggi kunlarda vazirliklar va federal kansler idorasi o‘rtasidagi maxfiy muzokaralar chog‘ida kelishilgan. Ukraina quruqlikdagi qo‘shinlarini zirhli texnikalar bilan mustahkamlash va Ukraina havo hujumidan mudofaa samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Ukraina uchun nemis qurollarining yangi ro‘yxati juda uzun - Ukraina yana 20 ta Marder piyoda jangovar mashinasini, 30 ta Leopard 1 tankini, 2022 yil oxirida va’da qilingan 18 g‘ildirakli gaubitsani, to‘rtta IRIS-T SLM havo mudofaa tizimini, 12 ta IRIS -T SLS ishga tushirish moslamalari va ushbu tizimlar uchun yuzlab boshqariladigan raketalarni oladi.

Ko‘proq yangiliklar: