AQSh F-16'da ukrainalik uchuvchilarni o‘qitish rejasini qo‘llab-quvvatlaydi

Jahon 09:09 / 20.05.2023 5804

AQSh prezidenti Jo Bayden 19 may, juma kuni Yaponiyaning Xiroshima shahrida bo‘lib o‘tgan G7 yetakchilari sammitida Vashington ukrainalik uchuvchilarni AQShda ishlab chiqarilgan F-16 qiruvchi samolyotlarida o‘qitish rejalarini qo‘llab-quvvatlashi haqida ma’lum qildi. Bu haqda axborot agentliklari manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Ularning fikricha, o‘quv jarayoni Yevropada bo‘lib o‘tadi. Ehtimol, u kelgusi haftalarda boshlanadi va bir necha oy davom etadi. CNN va AFP ta’kidlaganidek, uchuvchilar o‘qitilayotgan vaqtda Ukraina samolyotni qachon qabul qilishi, shuningdek, uni kim va qancha qiruvchi bilan ta’minlashi haqida qarorlar qabul qilinadi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, AQShning “qiruvchilar koalitsiyasi”ni qo‘llab-quvvatlagani hozircha xabar qilinmagan. Biroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy allaqachon “AQSh va Jo Baydenning tarixiy qarorini” olqishlashini Twitter'da yozdi. “Ushbu qarorning amaliy ijrosini Xiroshimadagi G7 sammitida muhokama qilishni sabrsizlik bilan kutaman”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Vashingtonning koalitsiyani qo‘llab-quvvatlash qarori haqidagi ma’lumotni Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak ham tasdiqladi. "Buyuk Britaniya AQSh va Niderlandiya, Belgiya va Daniya bilan Ukrainani zarur bo‘lgan havodagi jangovar qobiliyat bilan ta’minlash uchun ishlaydi", deb yozdi u Twitter'da.

Ko‘proq yangiliklar: