Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asad 10 yil ichida ilk bor Arab davlatlari ligasi ishida ishtirok etmoqda
Suriyaning Arab davlatlari ligasi a’zoligini qayta tiklash Bashar Asad hokimiyatini qonuniylashtirishga xizmat qilmoqda. Bu AQShni g‘azablantiryapti.

Foto: AFP
Suriya prezidenti Bashar Asad 19 may, juma kuni ochilgan Arab davlatlari ligasi sammitida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga keldi. Suriyaning al-Watan gazetasi yozishicha, Suriya rahbari Jiddada arab davlatlari rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Asadning Arab davlatlari ligasi ishida ishtirok etishi uning o‘n yildan ortiq izolyatsiyadan so‘ng jahon diplomatik maydoniga qaytishini anglatadi, deya ta’kidlaydi AFP axborot agentligi.
2011 yil noyabrida Suriyada hukumatga qarshi namoyishlarning keskin bostirilishi va mamlakatda qurolli mojaroning boshlanishi fonida Arab davlatlari ligasi Damashqning o‘z ishidagi ishtirokini to‘xtatdi. 2012 yilda Saudiya Arabistoni Suriyaning qurolli muxolifati tomonida harakat qilib, Asad rejimi bilan aloqalarini uzdi. Aksariyat arab davlatlari ham xuddi shunday pozitsiyaga amal qilishdi.
Biroq Asad rejimining fuqarolar urushi davrida Rossiya va Eron ko‘magida erishgan muvaffaqiyatlari so‘nggi paytlarda mintaqa davlatlarining Suriyaga nisbatan pozitsiyalarini qayta ko‘rib chiqishga olib keldi. Bu yerda mintaqaviy raqobatchilar - Eron va Saudiya Arabistonining yaqinlashuvi muhim rol o‘ynadi. Bu Xitoy diplomatiyasining sa’y-harakatlari natijasida sodir bo‘ldi.
2023 yil 7 may kuni Arab davlatlari ligasi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari AQShning bu qadamdan norozi bo‘lishiga qaramay, Suriyani tashkilotga qaytarishga qaror qildi. Hozirda arab dunyosida Asad bilan yaqinlashishga yagona qarshi davlat - Qatar. Biroq u Suriyaning Arab davlatlari ligasiga qaytishiga ochiq qarshi chiqmadi, bu Bashar Asad hokimiyatini qonuniylashtirishda muhim qadam bo‘lyapti. Bundan tashqari, Arab davlatlari ligasiga a’zolikning yangilanishi Damashqqa qo‘shnilari bilan savdo aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, Fors ko‘rfazining boy davlatlaridan iqtisodiy yordam va sarmoya olish imkoniyatini beradi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49
-
«Oq oltin» balosi: O‘zbekistonda paxta qulligi tarixi, oqibatlar va bugungi kun haqida
O‘zbekiston | 22:01
-
Bo‘stonliq tog‘laridagi yong‘in qariyb 7 soatda o‘chirildi
O‘zbekiston | 21:48
Mavzuga oid

18:52 / 23.07.2025
Suriya Turkiyadan mudofaa salohiyatini mustahkamlashda yordam so‘radi

09:09 / 23.07.2025
Suriya rasmiylari Suvaydadan badaviy oilalarni evakuatsiya qilishni boshladi

14:30 / 19.07.2025
AQSh: Isroil va Suriya otashkesimga kelishdi

22:22 / 18.07.2025