Samsung 26 iyulda yangi gadjetlari taqdimotini o‘tkazadi
Kompaniya bu safargi taqdimoti vaqtiga o‘zgartirish kiritdi. Samsung bungacha yangi gadjetlarining yozgi taqdimotini avgust oyida o‘tkazib kelayotgandi.

Foto: DH
Samsung kompaniyasi yangi gadjetlarining navbatdagi taqdimotini 26 iyulda o‘tkazadi. Bu haqda insayder Ice Univerce xabar berdi.
Qayd etilishicha, kompaniya Samsung Galaxy Z Fold5 buklanadigan smartfoni, Samsung Galaxy Tab S9 plansheti hamda Galaxy Watch6 aqlli soatini ommaga namoyish qiladi. Yangi qurilmalarning narxi haqida hozircha ma’lumot taqdim etilmagan.
Samsung yozgi yangiliklarini odatda avgust oyida namoyish etib kelardi. Bu gal kompaniya tadbirni bir muddat ertaroq o‘tkazishga qaror qilgani aytilmoqda.
Avvalroq kompaniya Z harfiga o‘xshab buklanadigan smartfonni ham taqdim etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

19:00 / 28.03.2025
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi

17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda

20:08 / 25.03.2025
Hindiston Samsungʼdan 601 mln dollarlik soliq qarzini to‘lashni talab qildi

15:25 / 24.03.2025