Ronald Klyayyer O‘zbekistonda ishlaydi. Mamlakatda yashagan yillar davomida u realistik moybo‘yoq texnikasida 1000 dan ortiq portretlar yaratgan. Rassomning qahramonlari O‘zbekistonda u uchratgan turfa insonlardir. Ushbu tasvirlar galereyasini Toshkentdagi Badiiy akademiyasi markaziy ko‘rgazmalar zalida ko‘rishingiz mumkin.
Ronald Klyayyer shaxsiy ko‘rgazmasining ochilishi Amsterdamda joylashgan VEON Group qarorgohi tarkibiga kiruvchi Beeline Uzbekistan’ning hamkorlikdagi ishtiroki ko‘magida amalga oshdi.
“Kompaniyamiz ko‘p madaniyatli va ko‘p millatli bo‘lib, Amsterdam va Toshkent o‘rtasidagi aloqa faqat biznes bilan cheklanmaydi. Shu bois, biz Niderlandiya Qirolligi fuqarosi bo‘lib, O‘zbekiston hayotini ishtiyoq bilan o‘rganayotgan, o‘z rasmlarida mamlakatning oddiy aholisini aks ettirgan Ronaldning badiiy pozitsiyasiga yaqinmiz. Bular inson fe’lini, kayfiyatini ifodalovchi juda iste’dodli asarlardir. Ishonchim komilki, ko‘rgazmaga tashrif buyurgan har bir inson rassomning mahoratini va uning mamlakatimizga bo‘lgan samimiy mehrini qadrlaydi”, – deydi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andjyey Malinovski.
“Har qanday rassomning orzusi o‘z ishini imkon qadar ko‘proq tomoshabinga namoyish etishdir. Beeline nafaqat bu orzuni amalga oshirishga yordam beradi. Ko‘rgazma O‘zbekiston Badiiy akademiyasi markaziy ko‘rgazmalar zalida o‘tkazilmoqda. Aynan shu ko‘rgazmalar zalida 1999 yilda «Orol»ga bag‘ishlangan ilk ko‘rgazmam bo‘lib o‘tgan edi. Qo‘llab-quvvatlagani uchun kompaniyaga minnatdorchilik bildiraman”, – dedi Ronald Klyayyer.
Ronald Klyayyerning shaxsiy ko‘rgazmasi 2023 yilning 30 mayigacha davom etadi.
Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi.
VEON 7 mamlakatda 200 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.
Beeline Uzbekistanʼda 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,9 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: fb.com/beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: t.me/beelineuzbekistan
Twitter: twitter.com/beeline_uz
LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan
Reklama huquqi asosida