Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mopedlar va tezligi 50 km/soatgacha bo‘lgan vositalarni boshqarish uchun vaqtincha haydovchilik guvohnomasi talab etilmaydi
Mopedlar, kvadrosikllar, trisikllar, skuterlar va shu kabi tezligi 50 km/soatdan oshmaydigan transport vositalarini haydovchilik guvohnomasini olmasdan turib boshqarishga ruxsat berildi. Bu ruxsat vaqtinchalik – shu yil oxirigacha amal qiladi. Bu vositalarni boshqarayotganlar motoshlem kiyishi kerak, degan talab saqlanib qoldi. Shu yo‘l orqali yetkazib berish xizmatlari bozorini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.

Foto: Getty Images
«Tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori imzolandi.
Unda xizmat ko‘rsatish sohasi, xususan, umumiy ovqatlanish va tovarlarni yetkazib berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar faoliyati rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish ko‘zda tutilgan.
Jumladan, eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan, ish hajmi 50 sm3 dan oshmaydigan ichki yonuv dvigateliga ega bo‘lgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattdan ortiq va 4 kilovattdan kam bo‘lgan elektr dvigatelli ikki yoki uch g‘ildirakli transport vositalari, shu jumladan, xuddi shunday tavsiflarga ega bo‘lgan moped, kvadrisikl (kvadrosikl), trisikl, skuter hamda yo‘lning qatnov qismida harakatlanishga moslashtirilgan boshqa mexanik moslamalarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi shartligi to‘g‘risidagi talab 2024 yil 1 yanvarga qadar to‘xtatib turiladigan bo‘ldi.
Bunda, ushbu transport vositalarida harakatlanayotgan shaxslar motoshlem kiyishi va uni qadab olishi zarurligi belgilab qo‘yildi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Davomli jazirama kunlar kelyapti
O‘zbekiston | 10:21
-
Surxondaryoda bo‘g‘ma va kobra ilonlar tabiatga qo‘yib yuborildi
Jamiyat | 10:08
-
YeIning yangi sanksiyalari Rossiya nefti narxini 15 foizga tushirishi mumkin
Jahon | 10:03
-
YeI kengashi Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketini qabul qila olmadi
Jahon | 09:51
Mavzuga oid

16:32 / 30.06.2025
YaTTlarga zargarlik buyumlarini sotishga ruxsat beriladi

18:24 / 18.04.2025
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar yanada qo‘llab-quvvatlanadi

17:02 / 02.04.2025
Yetakchi tadbirkorlar aholi tomorqasiga sifatli urug‘ va ko‘chat yetkazib beradi

16:42 / 24.03.2025