Qaror loyihasida quyidagilarni belgilash nazarda tutilmoqda:
2023 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Moliya vazirligining negizida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tashkil etilganligi munosabati mazkur vazirlik nomini o‘zgartirishni;
chet el fond bozorlarida bank aksiyalarini sotib olgan imtiyozli soliq rejimini taqdim etuvchi va (yoki) oxirgi benefitsiar mulkdorning shaxsini oshkor qilish hamda moliyaviy operatsiyalarni o‘tkazish chog‘ida axborot taqdim etish nazarda tutilmaydigan davlatda yoki hududda ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar va shunday davlatda yoki hududda yashaydigan jismoniy shaxslar bankning muassislari va aksiyadorlari bo‘lishlari mumkinligini;
imtiyozli soliq rejimini taqdim etuvchi va (yoki) oxirgi benefitsiar mulkdorning shaxsini oshkor etishni hamda moliyaviy operatsiyalarni o‘tkazish chog‘ida axborot taqdim etishni nazarda tutmaydigan davlat yoki hududning vakolatli organlari nazorati ostidagi moliyaviy tashkilotlar orqali mo‘ljallangan olish uchun ishlatiladigan mablag‘larning harakatlanmaganligini tasdiqlovchi ma’lumotni bank aksiyalari jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan chet el fond bozorlari orqali sotib olinganda taqdim etilmasligini.