O‘zbekistonda yashayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari soni ma’lum qilindi
Eng ko‘p urush faxriylari Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Farg‘ona viloyatida istiqomat qilmoqda.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi va front orti qatnashchilarining soni 2023 yil 6 may holatiga ko‘ra 174 nafarni tashkil qiladi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, ularning soni viloyatlar kesimida quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 3 nafar;
- Andijon viloyati — 6 nafar;
- Buxoro viloyati — 7 nafar;
- Jizzax viloyati — 6 nafar;
- Qashqadaryo viloyati — 10 nafar;
- Navoiy viloyati — 9 nafar;
- Namangan viloyati — 7 nafar;
- Samarqand viloyati — 10 nafar;
- Sirdaryo viloyati — 3 nafar;
- Surxondaryo viloyati — 8 nafar;
- Toshkent viloyati — 26 nafar;
- Farg‘ona viloyati — 19 nafar;
- Xorazm viloyati — 5 nafar;
- Toshkent shahri — 55 nafar.
100 va 100 yoshdan oshgan Ikkinchi jahon urushi va frontorti qatnashchilarining soni 25 nafarni tashkil qiladi. Ularning umumiy hisobda eng kichigi 78 yoshda (manbalarga ko‘ra, u urush yakunlangan 1945 yilda natsistlar konslagerida tug‘ilgan) bo‘lsa, eng kattasi 112 yoshda.
Prezident tomonidan 2 may kuni imzolangan farmonga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.
Mavzuga oid

20:36 / 19.02.2025
Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi hamda «Xotira va qadrlash kuni» keng miqyosda nishonlanadi

19:49 / 19.02.2025
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 ming dollardan mukofot puli beriladi

20:32 / 21.12.2023
Mudofaa vazirligi O‘zbekiston o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli Qurolli kuchlarga egaligini eslatdi

09:56 / 08.10.2023