O‘zbekistonda klaster siyosati konsepsiyasi ishlab chiqildi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida “Klaster” va “Klaster siyosati”ning yagona konsepsiyasi to‘g‘risida”gi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Loyiha bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi konsepsiyani tasdiqlash rejalashtirilmoqda:
- klasterni institutsional rivojlanishiga ko‘maklashish;
- klasterni rivojlantirishni strategik rejalashtirish;
- korxonalar o‘rtasida raqobat va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini ishlab chiqish;
- klasterlarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, shu jumladan soliq imtiyozlarini taqdim etish va ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish.
Konsepsiyada klaster siyosatini maqsadi, vazifalari, funksiyalari va prinsiplari, klasterlar rivojlantirishda muammolar, xorijiy mamlakatlarning ushbu yo‘nalishdagi ijobiy tajribasi va kutilayotgan natijalar aks ettirilgan.
Mavzuga oid

21:09 / 26.02.2025
Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi

18:38 / 16.01.2025
Paxta bo‘yicha birjadagi fyuchers savdolarida taklifni klasterlar kiritadigan bo‘ldi

11:58 / 15.01.2025
Turistik klaster maqomini olish tartibi tasdiqlandi

19:50 / 08.01.2025