Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligi texnikalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish joriy etiladi

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
1 maydan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarning qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini harakatlanuvchi mobil texnik nazorat liniyalaridan foydalangan holda majburiy yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazish amaliyoti joriy etiladi.
“O‘zagroinspeksiya”ga Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 1 iyulga qadar “Texnik ko‘rik” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish topshirildi.
Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlariga 2023 yil 1 sentabrdan boshlab jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;
- Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;
- Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini hisobdan chiqarish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;
- Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari ro‘yxatda turganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;
- Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini majburiy yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;
- Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yo‘nalishidagi ta’lim tashkilotlarini hisobga olish hamda traktorchi-mashinist guvohnomasini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Defitsit qisqargan, gaz va oltin sotish ko‘paydi – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
Iqtisodiyot | 20:22
-
HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuvning joriy matnini rad etdi va tuzatishlarni taklif qildi
Jahon | 20:17
-
Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston | 20:11
-
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03
Mavzuga oid

14:36 / 14.07.2025
Lift yiliga kamida bir marta majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi

13:44 / 11.02.2025
OTMda texnika va tibbiyot yo‘nalishlari kvotalari 25 ming o‘ringa yetkaziladi

16:06 / 13.01.2025
Ayrim texnika vositalari xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar belgilandi

14:03 / 13.01.2025