Samarqandda referendum: boshqa viloyatdan borgan talabalar ham ovoz berdi
30 aprel kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Samarqandda ham o‘zbekistonliklar konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish masalasida o‘tkazilgan referendumda ishtirok etdi.
Eng ko‘p (2,08 milliondan ko‘proq) saylovchilar ro‘yxatga olingan hududlardan biri aynan Samarqand hisoblanadi. Samarqand shahridagi saylov uchastkalarida ko‘pchilik tushgacha ovoz berib bo‘ldi.
Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti binosida Go‘ri amir mahallasi fuqarolaridan tashqari boshqa viloyatlar va olis tumanlardan shaharga kelib o‘qiyotgan saylovchilar uchun referendum uchastkasi tashkil qilindi. 17:00 holatiga ko‘ra Samarqandda 1,7 milliondan ortiq saylovchi referendumda ovoz berib bo‘lgan.
Mavzuga oid

20:49 / 14.03.2025
Imom Moturidiy tavalludi keng nishonlanadi

16:41 / 12.03.2025
Samarqanddan uchgan samolyot dvigatelidagi nosozlik tufayli aeroportga qaytdi

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

09:32 / 05.03.2025