Koreya O‘zbekistonda elektromobillarni quvvatlash jihozlari ishlab chiqarmoqchi
Amaliy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Janubiy Koreyaning AHA kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Ku Gi Don Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo
Muloqot chog‘ida AHA kompaniyasi tomonidan rejalashtirilayotgan Farg‘onada elektromobillarni quvvatlash jihozlari ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi.
Suyuq kristalli displeylar va doskalar, raqamli tibbiyot jihozlari hamda elektromobillarni quvvatlash jihozlari ishlab chiqarishda Koreyaning yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lgan AHA, elektromobillarni ommalashtirish bo‘yicha O‘zbekistonda tadbirkorlarga taqdim etilayotgan imtiyozlardan foydalangan holda Farg‘onada o‘z investitsion loyihasini amalga oshirishga kirishmoqda. Loyiha Ekoshahar hududida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonasi hududida joylashtirilishi rejalashtirilmoqda.
Viloyat hokimi elektromobillar va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash orqali havoga chiqariladigan zararli gazlar hajmini qisqartirish bugungi kun davlat siyosatida muhim o‘rin tutayotganini ta’kidlab, loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishga ko‘mak berilishi va qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi.
AHA kompaniyasi investitsiyalari hisobiga Qozog‘istonning Qarag‘anda shahrida tashkil etilgan korxonada ishlab chiqarilayotgan suyuq kristalli elektron doskalar Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga, jumladan, O‘zbekistonga ham eksport qilinmoqda. Bugungi kunda mamlakatda bu mahsulot turiga bo‘lgan talab kun sayin ortib borayotganiga e’tibor qaratgan Xayrulla Bozorov, AHA kompaniyasi boshqaruv kengashi raisiga Farg‘onada ham elektron doskalar ishlab chiqarishni tashkil etishni taklif qildi.
Taklif ijobiy qabul qilindi hamda bu boradagi loyiha istiqbollari o‘rganib chiqiladigan bo‘ldi.
Mavzuga oid

22:49 / 12.03.2025
Farg‘ona aeroportida Rossiya samolyotining g‘ildiragi chiqib ketdi

15:33 / 12.03.2025
Farg‘onada ommaviy bezorilik uyushtirgan Otabek Vallomov qamoqqa olindi

12:37 / 10.03.2025
O‘zbekiston fuqarosi qariyb 5,1 mln dollarga Seuldan kvartira sotib oldi

16:52 / 08.03.2025