Toshkentda Salar kanaliga tushib ketgan «Damas» chiqarib olindi
Toshkent shahrida kanalga tushib ketgan avtomashina chiqarib olindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Videodan kadr
Kecha, 26 aprel kuni soat 20:00 da «Damas» rusumli avtomashina haydovchisining ehtiyotsizligi oqibatida Toshkent shahar Yashnobod tumani Elbek ko‘chasidan oqib o‘tuvchi Salar kanaliga tushib ketgan.
Shu sababli, uni chiqarib olishda amaliy yordam so‘rab, Toshkent shahar FVB navbatchilik qismiga murojaat qilingan.
Xabarga ko‘ra, FVBning bir guruh qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, avtomashinani kanaldan olib chiqqan.
Hodisa natijasida vafot etgan va tan jarohati olganlar yo‘q.
Mavzuga oid

09:56 / 24.09.2024
Jizzaxda haydovchi Damasga katta yoshdagi 14 kishini mindirib harakatlandi

09:44 / 27.05.2024
Olmaliqda «Damas» kanalga tushib ketdi

11:01 / 11.05.2024
Shahrisabzda Damas 1-sinf o‘quvchisini bosib ketdi

20:29 / 21.04.2024