Zelenskiy Chernobil avariyasi 37 yilligi munosabati bilan AES bo‘yicha shantajga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi
Ukraina va butun dunyo Rossiyaga «yadroviy inshootlardan shantaj qilish uchun foydalanish imkoniyatini bermaslik» uchun hamma narsani qilishi kerak. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Chernobil avariyasining 37 yilligi munosabati bilan aytib o‘tdi.

Foto: Global Look Press
Volodimir Zelenskiy halokat oqibatlarini bartaraf etish qimmatga tushishini ma’lum qildi.
«37 yil avval Chernobil AESdagi avariya butun dunyo uchun katta iz qoldirdi. Radiatsiya sizib chiqishi bir vaqtlar shinam va rivojlangan hududni kimsasiz zonaga aylantirdi. Bugun Chernobil AES atrofidagi 30 kilometrlik hudud radiatsiya konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan xavfli joy bo‘lib qolmoqda», deb eslatdi u.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili Rossiya Federatsiyasi Chernobil AESni qo‘lga kiritish orqali yana butun dunyoni xavf ostiga qo‘ygan.
Mavzuga oid

22:53 / 21.02.2025
500 milliard dollarlik nafrat: Tramp nega Zelenskiyni yomon ko‘rib qoldi?

18:04 / 21.02.2025
Urush va saylov: Ukrainada hozir kimning reytingi baland?

13:20 / 09.12.2024
Axios: Tramp Zelenskiy bilan Parijda uchrashishni istamagan

17:12 / 08.12.2024