To‘lovlarni amalga oshirishda vositachilik haqining chegaraviy miqdori belgilandi

Iqtisodiyot 15:30 / 26.04.2023 39515

Jismoniy shaxslar tomonidan prezident qarorida ko‘rsatilgan to‘lovlarni amalga oshirishda har bir tranzaksiya bo‘yicha to‘lov xizmatlari uchun budjet va korporativ buyurtmachilar tomonidan to‘lanadigan vositachilik haqi (yig‘imlar)ning chegaraviy miqdori BHMning 20 foizi etib belgilandi.

Qaror 2023 yil 1 maydan kuchga kiradi.

Agar bugungi kunda 200 mln so‘mlik superkontrakt uchun to‘lov amalga oshirilayotganda, ayrim banklar 1 foiz (2 mln so‘m) undirishlari mumkin bo‘lsa, 1 maydan komissiya to‘lov summasidan ushlab qolinadi va 60,6 ming so‘mdan oshmaydi.

Mazkur tartib quyidagi holatlarda amal qiladi:

  • barcha turdagi davlat bojlari va ma’muriy jarimalar uchun to‘lovlar;
  • davlat xizmatlari markazlari tomonidan, shu jumladan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilgan davlat xizmatlari uchun to‘lovlar;
  • maktabgacha ta’lim tashkilotlariga, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalariga, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va sog‘liqni saqlash muassasalariga to‘lovlar;
  • barcha turdagi kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar;
  • Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan undiriladigan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish uchun to‘lovlar;
  • E-auksion elektron savdo platformasi va K-Savdo avtomatlashtirilgan axborot tizimiga to‘lovlar;
  • aviatsiya, temiryo‘l va jamoat transportining boshqa turlarida sayohat qilishda chiptalar sotib olish uchun to‘lovlar.

Kelajakda ushbu ro‘yxatga qo‘shimcha to‘lov turlari kiritilishi ham mumkin.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda bank kassalarida kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda iste’molchilardan xizmat uchun komissiya undiriladi. Masalan, elektr energiyasi uchun 100 ming so‘m to‘lashda ayrim banklar va to‘lov xizmatlari to‘lovchilardan vositachilik xizmatlarini undirgan.

Ko‘proq yangiliklar: