Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik ovchi Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan jonivorni ovladi
Rossiyalik ovchi Sergey Mazurkevich ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda amalga oshirgan ov jarayoni videosini e’lon qildi. U Surxondaryo viloyati hududida morxo‘r va arxarni otib o‘ldirgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Dunyoning turli manzillarida ov qilib, jarayonni tasvirga olgan Sergey Mazurkevichning bu safargi manzili O‘zbekiston bo‘lgan. U 3 kun oldin ijtimoiy tarmoqdagi “Trofeynaya oxota” kanalida O‘zbekistondagi ov jarayonidan tayyorlangan filmni e’lon qildi.
Filmdan ko‘rish mumkinki, ovchi va tasvirga olish guruhi Surxondaryo viloyati hududida, tog‘li manzilda bo‘lishgan. Ovchi Accuracy International AXMC-338 nomli quroli bilan bir bosh morxo‘r (tog‘ echkisi) hamda bir bosh arxarni ovlagan.
Kun.uz muxbiri holatga aniqlik kiritish uchun Tabiat resurslari vazirligi mas’uli bilan bog‘landi. Unga ko‘ra, rossiyalik ovchi morxo‘r va arxarni qonuniy tarzda ovlagan.
“Rossiyalik ovchi o‘lja ovini belgilangan ruxsat asosida, ov quroli bilan amalga oshirgan. Buning uchun Fanlar akademiyasining xulosasi olingan. Aslida, buning foydali tomonlari ham bor. Yovvoyi hayvonni otib o‘ldirdi, degan oddiy xulosaga bormaslik kerak. Yaqinda ovchilik turizmi bo‘yicha xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda tadbir o‘tkazishni reja qilib turibmiz. Asosiy maqsad yovvoyi va kamyob hayvonlarning ko‘payishiga imkon yaratish”, — deydi Kun.uz muxbiri bilan gaplashgan vazirlik mas’uli.
Ikki yil oldin Rossiya fuqarosi Ye.P.Shirokov Bo‘stonliq tumanida 1 dona qo‘ng‘ir ayiqni otib, u bilan vahshiylarcha suratga tushgandi. O‘shanda unga 2 dona Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini otishga ruxsatnoma berilgandi. Jamoatchilikning keskin e’tirozidan so‘ng ovchidan ikkinchi qo‘ng‘ir ayiqni ovlashga berilgan ruxsatnoma qaytarib olingan edi.
Ma’lumot uchun, morxo‘rlar Surxondaryo viloyatining sharqiy qismidagi tog‘ tizmalari (Bobotog‘)da uchraydi. Soni keskin kamayib ketganligi sabab O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan edi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

08:39 / 13.07.2025
Surxondaryoda noyob jonivorlarni ovlaganlar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

13:30 / 17.05.2025
Uchquduqda ovchi ehtiyotsizlik oqibatida sherigini otib qo‘ydi

13:52 / 02.03.2025
Farg‘onada Qizil kitobga kiritilgan qushni noqonuniy saqlab kelgan fuqaro ushlandi

18:18 / 12.11.2024