2023 yilning birinchi choragida O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,5 foizga o‘sdi

Iqtisodiyot 17:21 / 24.04.2023 34524

Joriy yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 5,5 foizni tashkil qildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.

Hisobot davrida bozor xizmatlari hajmining o‘sishi – 10,9 foizni, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sishi – 3,2 foizni, sanoatning o‘sishi – 4,1 foizni, qurilish sohasining o‘sishi – 4,5 foizni, chakana savdo tovar aylanmasining o‘sishi esa 5,2 foizni tashkil qilgan.

2023 yilning yanvar-mart oylari davomida tashqi savdo aylanmasi 11,9 foizga, xususan import hajmi 23,4 foizga oshgan, shu bilan bir qatorda eksport hajmi 2,6 foizga qisqargan.

Ma’lumot uchun, Jahon banki (JB) prognozlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot o‘sishi 2023 yilda 5,1 foizni, Osiyo taraqqiyot bankining prognozlariga ko‘ra esa 5 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Avvalroq, O‘zbekiston Markaziy banki 2023 yilda mamlakat iqtisodiyoti o‘sishi 4,5−5 foiz darajasida bo‘lishini ma’lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: