Ozarboyjonda O‘zbekiston tajribasi asosida paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etiladi

Iqtisodiyot 15:49 / 22.04.2023 29169

Tomonlar investitsiyalar sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollariga e’tibor qaratdilar. Tashkil etilayotgan O‘zbekiston-Ozarboyjon investitsiya jamg‘armasi bu jarayonda alohida o‘rin tutishi kutilayotgani qayd etildi.

Ozarboyjonda O‘zbekiston tajribasi asosida to‘liq ishlab chiqarish siklidagi paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ipakchilik va mashinasozlik yo‘nalishlarida ilgari kelishilgan loyihalarni hayotga tatbiq etish jarayoni ko‘rib chiqildi.

O‘zaro savdo masalalariga kelganda, uning hajmini 1 milliard dollarga yetkazish rejalashtirildi. Bundan tashqari, tomonlar sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, kichik va o‘rta biznes, transport, tranzit va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga o‘zaro tayyorlik bildirildi va ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida faol hamkorlik qilish formati ishlab chiqildi.

Ko‘proq yangiliklar: