Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Milliy va axloqiy qadriyatlarimiz aks etgan qonun» - Shahnoza Soatova
Adliya vazirining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi, bloger Shahnoza Soatova 12 apreldan kuchga kirgan xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini takomillashtirishga oid qonun jamiyatni rivojlantirishga xizmat qilishini aytdi.

Bu qonunda axloqiy qadriyatlar aks etgan
Bu qonun axloqimizga zid tushunchalarning haqiqatda zid ekanligini qonun darajasida belgilab beryapti. Bunda qoralanayotgan narsalar, ya’ni qizlarning ortidan ta’qib qilish, qo‘pol so‘zlar aytish, ojizlarga nisbatan zo‘ravonlik, bolalarni urish, jinsiy zo‘ravonlik, oiladagi zo‘ravonlik, iqtisodiy, ruhiy bosimlar — bularning hech qaysi birini o‘zbek mentaliteti qabul qilmaydi. Xalqimiz — dono xalq. Asrlar davomida mehr-oqibat, bolajonlik, er-xotin munosabatlaridagi mehr-muhabbat haqida gapirib kelinadi, yoshligimizdan uqtiriladi. Ba’zilar oilaviy munosabatlarga ham davlat aralashadimi, o‘z xotinimni urolmaymanmi, degan gaplarni aytishyapti. Nega o‘z xotinini urishi kerak, u ham shaxs-ku. Ota, aka, uka, o‘g‘il sifatida o‘ylab ko‘rishlari kerak. Zo‘ravonlik avj olayotgan jamiyatga qanday o‘z yaqinlarini qo‘yib yuborishadi?
Jamiyatni rivojlantirish, tozalash, insoniy munosabatlar darajasiga olib chiqish kerak. Bu qonun esa aynan shuning uchun xizmat qiladi. Ko‘chada zo‘ravonlik bo‘lsa, huquq organlariga murojaat qilinadi. Nega endi oilada shunday bo‘lsa, murojaat qilmaslik kerak? Axir u yerda odamlar bir-biriga ishonadi, ojiz tomonlarini biladi. Ertaga birga hayot kechiradi. Mana shunday sharoitda qilingan zo‘ravonlikning ijtimoiy oqibatlari og‘ir bo‘ladi. Nimaga biz buni zo‘ravonlik deb hisoblamaymiz? Oilada farzandlar o‘sadi, ular ertaga shu zo‘ravonlik zanjirini davom ettirishi mumkin. Ya’ni endi tushunish kerakki, oiladagi zo‘ravonlik bu — jinoyat.
Iqtisodiy, ruhiy zo‘ravonliklar jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin edi
O‘zimga murojaat qilgan ko‘p ayollarni ko‘raman: doriga, oddiy yo‘lkiraga puli bo‘lmaydi. Yillar davomida ota-onasini ko‘rolmaydi. Emizikli ayol nonga pulim yo‘q degan murojaatlarni ham ko‘rganman. Bugungi kunda, O‘zbekistonda nonga ham puli bo‘lmaslik — qabul qilib bo‘lmaydigan holat. Iqtisodiy zo‘ravonlik bo‘ladi bu. Bu narsa boshqa jinoyatlarni, noxush holatlarni keltirib chiqaradi.
Ruhiy zo‘ravonlik. Sergeli voqeasini oladigan bo‘lsak, shu holatda ruhiy zo‘ravonlik bo‘lmagan, deya olamizmi? Ayol uch farzandini shunday qilishini ona sifatida tasavvur qilolmayman. Shu holatgacha borishi uchun ruhiy zo‘ravonlik bo‘lgan deb o‘ylayman. Bunday holatlarni birinchi marta ko‘rib turganimiz yo‘q. Ya’ni ruhiy zo‘ravonlik ahamiyatini pasaytirib ko‘rsatish kerak emas, bu jiddiy holatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan zo‘ravonlik.
Bu jamiyatga tarbiya bo‘ladi
Jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan mahbuslarni muddatidan oldin ozod qilish yo‘qotilyapti. Buni qo‘llab-quvvatlayman va olqishlayman. Bu jamiyatga ham tarbiya bo‘ladi. Jazoni kuchaytirish haqida aytiladi, lekin o‘ylaymanki, jazoni kuchaytirishdan ham ko‘ra uning muqarrarligi ta’sirliroq. Jinsiy jinoyat qildimi, bir insonning hayotini butunlay o‘zgartirdi degani. Nega endi bunday holatda jazoning bir qismi o‘talishi kerak? Buni ko‘rgan boshqa zo‘ravonlar ham yaxshi xulosa chiqarmaydi. Ertaga bu yomon oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun ham axloqiy qadriyatlar aks etgan qonun deb bilaman. Buni kafolat bilan baland ovozda ayta olaman.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mo‘ynoqdagi konda gaz sizib chiqishi ro‘y berdi
O‘zbekiston | 11:35
-
Isroil BMTning gumanitar yordamini G‘azoga yetkazish uchun yo‘laklar ochishga va’da bermoqda
Jahon | 09:57
-
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos
Jahon | 09:02
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
Mavzuga oid

08:10 / 17.07.2025
Rossiya hukumati xorijliklarning aksiyalarni qaytarib sotib olishiga taqiqni ma’qulladi

16:44 / 08.07.2025
Yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikrini inobatga olish mexanizmi o‘rnatiladi

11:42 / 19.06.2025
Ijro hujjatlari ma’lumotlarini qamrab olgan Majburiyatlar reyestri yuritiladi

11:56 / 12.06.2025